Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘td

09.10.2024

136

msk_yangiliklari_in

Yig‘ilishda saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berish kunlari, vaqti e’lon qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha 7 nafar nomzodlar qaror bilan ro‘yhatga olinib, komissiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

 

 

Bundan tashqari yig‘ilishda Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasiga Ye-saylov Axborot tizimi orqali bugunga qadar:

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan – 5 nafar;

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan – 1 nafar; O‘zbekiston Adolat sotsial demokratik partiyasidan – 5 nafar; Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan – 1 nafar bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar o‘z ishonchli vakillarini ro‘yhatga olishni so‘rab, arizalari kiritilgani o‘qib eshittirildi.

 

Ushbu arizalar o‘rganilganda deputatlikka nomzodlarning saylov qonunchiligida belgilangan, ya’ni 10 nafargacha bo‘lgan ishonchli vakillarining ma’lumotlari kiritilganligi aniqlandi.

 

 

Muddatidan oldin ovoz berish kunlari va vaqti ish kunlari soat 9:00 dan 18:00ga qadar; dam olish kunlari esa soat 11:00 dan 17:00gacha etib belgilandi.

 

Andijon viloyati hududida ham Muddatidan oldin ovoz berish MSK qarori asosida o‘tkazilishi belgilanib, saylovchilar hamda kuzatuvchilarning e’tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkazish tavsiya etildi.

 

 

 

 

 

 

Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur