Bugun Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasiga Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YEXHT) ning uzoq muddatli kuzatuvchilari Ayris O’ruk va Vinsent Godbillon o‘z missiyasini boshladi.
Xorijiy kuzatuvchilar dastlab Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Baxtiyor Rasulov bilan tor doirada uchrashib, saylovga tayyorgarlik jarayonlari, bu galgi saylovlarning o‘ziga xos jihatlari, bunda hududiy saylov komissiyasining vazifalari xususida suhbatlashdi.
Shundan so‘ng hududiy komissiyasi a’zolarining ish faoliyati, Matbuot markazidagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Xorijiy kuzatuvchilarning Andijondagi missiyasi davom etmoqda.
Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi
matbuot xizmati