29.05.2025

30

msk_yangiliklari_in

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025 yil 6 maydagi “Ayrim boʻshab qolgan oʻrinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash toʻgʻrisida”gi 1438-sonli qaroriga asosan Andijon viloyatining quyidagi jadvalda koʻrsatilgan saylov okruglarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlari uchun 2025 yil 15 iyun, yakshanba kuni yangi saylov boʻlib oʻtadi.

 

T/r

Mahalliy Kengash nomi

Saylov okrugi nomi

Saylov uchastkasi tartib raqami

Saylov uchastkasi
manzili

Saylov uchastkasi chegaralari

1.       

Xalq deputatlari  Andijon shahar Kengashi

2-Oʻzbekiston saylov okrugi

6-uchastka

Qoratut mahalla fuqarolar yigʻini, Amir Temur koʻchasi, 5-uy,

Аndijon mashinasozlik instituti qoshidagi Аkademik litseyi binosi

Аndijon shahar Qoratut MFYning 13-, 15-, 16-, 17-, 18-, 19-, 22-, 24-, 25-, 26-, 47-, 48- koʻp qavatli uylari hududlari chegaralarida

2.       

7-uchastka

Qoratut mahalla fuqarolar yigʻini, Qoratut koʻchasi, 48-uy, 41-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosi

Аndijon shahar Qoratut MFYning 1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-, 12-, 14-, 16a-, 20-, 21-, 46-koʻp qavatli uylari hududlari chegaralarida

3.       

8-uchastka

Qoratut mahalla fuqarolar yigʻini, Furqat koʻchasi,

5-uy, Аndijon viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi binosi

Аndijon viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi hududlari chegaralarida

4.       

12-uchastka

Yoyilma mahalla fuqarolar yigʻini, 1-kichik daha, 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosi

Аndijon shahar Yoyilma MFYning toʻliq hududlari chegalari

5.       

13-uchastka

Yangi Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini, Nodira koʻchasi, 1-uy,

3-son kasb-hunar maktabi binosi

Аndijon shahar Yangi Boʻston MFYning toʻliq hududlari chegaralari

6.       

Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi

25-Doʻstlik saylov okrugi

523-uchastka

Tuyachi mahalla fuqarolar yigʻini, Taxtakoʻprik koʻchasi,

1-uy, 2-son kasb-hunar maktabi binosi

Izboskan tumani А.Temur MFYning toʻliq hududi hamda Tuyachi MFYning Yosh tadbirkorlar koʻchasi hududlari сhegaralari

7.       

524-uchastka

Markaz mahalla fuqarolar yigʻini, Fidokor koʻchasi, 3-uy, 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosi

Izboskan tumani Markaz MFYning toʻliq hududlari chegaralari

8.       

527-uchastka

Qashqarlik mahalla fuqarolar yigʻini, Naqshband koʻchasi,

20-uy, Davlat xizmatlari markazi binosi

Izboskan tumani Qashqarlik MFYning toʻliq hududlari chegaralari

9.       

Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashi

11-Mingbuloq saylov okrugi

716-uchastka

Mingbuloq mahalla fuqarolar yigʻini,

Xaqiqat koʻchasi,

6-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosi

Ulugʻnor tumani, Mingbuloq MFYning Maʼrifat, Xaqiqat-1, Yakkatut, Masjit, Maktab, Paxtakor, Gulshox hamda Terakzor MFYning Yodgorlik, Istak-1, Zulfizar, Iltifot koʻchalari hududlari chegaralarida

10.    

717-uchastka

Mingbuloq mahalla fuqarolar yigʻini, Qoʻshdovon koʻchasi,

19-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosi

Ulugʻnor tumani, Mingbuloq MFYning Istiqlol, Joʻshqin, Qoʻshdovon, Dilxush, Qatortol, Uch buloq, Uchqur, Mingchashma, Orom, Bogʻcha koʻchalari hududlari chegaralarida

11.    

Xalq deputatlari Xoʻjaobod tumani Kengashi

4-Beshkaram saylov okrugi

745-uchastka

Beshkaram mahalla fuqarolar yigʻini, Beshkaram koʻchasi,

7-uy, 9-son musiqa va sanʼat maktabi binosi

Xoʻjaobod tumani Beshkaram MFYning Ibn sino, Mustaqillik, Oromgoh, Beshkaram, Ulugʻvor koʻchalari hududlari chegaralarida

 

 

 

2025 yil 15 iyun kuni boʻlib oʻtadigan saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar boʻyicha hududiy saylov komissiyasining www.andijon.saylov.uz rasmiy sayti orqali tanishib borish mumkin.

 

Eslatma!

 

1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;

 

2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;

 

3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha oʻtkaziladi;

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur