Joriy yil yurtimizda muhim siyosiy jarayon – parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tadi

03.10.2024

81

msk_yangiliklari_in

Mazkur siyosiy tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, saylovga oid 5 ta qonun va bir qator qonunosti hujjatlar va jarayon bilan bog‘liq ko‘p yillik amaliy tajribamiz majmui bo‘lgan Saylov kodeksida belgilangan tamoyillar asosida o‘tkaziladi.

 

Shu bois, kodeksda belgilangan prinsiplarni keng jamoatchilik, birinchi navbatda bevosita saylov jarayonini tashkiliy ishlarni amalga oshiruvchilar teran anglab yetishi muhim ahamiyatga ega.

 

 

Xususan, bugun Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyatdagi mavjud 55 ta okrug saylov komissiyalari vakillari ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishni Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Baxtiyor Rasulov olib borib, komissiya raislariga saylov kuni qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan yana bir bor tushuncha va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

 

 

 

 

 

 

Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi

 

matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur