Andijon viloyati Hududiy saylov komissiyasining 13-avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzish hamda okrug saylov komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Umidaxon Ahmedova, a’zolar Qahramonjon Qaxarov, O‘tkirbek Rahmonov so‘zga chiqib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
Shuningdek, yig‘ilishda siyosiy partiyalarning Vakolatli vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentyabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilangan namunadagi mandatlar topshirildi.