Joriy yilning 27-oktyabr sanasida mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Shu maqsadda joylarda muhim yirik siyosiy jarayonga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.
Xususan, Shahrixon tumanida ham saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rish, saylov uchastkalarini belgilangan talablarga asosan jihozlash, shuningdek, saylov komissiya uchastkasi a’zolari tarkibini shakllantirish, muhimi, saylovni konstitutsiyaviy qoidalar va xalqaro saylov standartlariga binoan o‘tkazishga doir tadbirlar o‘tkazilmoqda.
824 - saylov uchastkasi tumandagi kasb-hunarga o‘qitish markazida tashkil etilgan bo‘lib, namunaviy saylov uchastkasi hisoblanadi. Saylov uchastka a’zolari bu mas’uliyatni his etgan holda uyushqoqlik bilan faoliyat olib bormoqdalar.
Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi matbuot xizmati