16.10.2024

140

msk_yangiliklari_in

Avval xabar berganimizdek, Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 8-oktyabr kungi qaroriga muvofiq bugun – 16-oktyabr kuni saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlandi.

 

Qarorga ko‘ra, 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar bugundan boshlab o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalangan holda o‘zlari tanlagan nomzodlar va siyosiy partiyaga muddatidan oldin ovoz beradilar.

 

         

 

Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasining 18 nafar a’zosi bevosita xizmat telefonlari orqali saylov uchastkalariga bog‘lanib, jarayonning qanday tashkil etilganligi, saylovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, elektr, telefon, internet tarmog‘ining uzluksiz ishlashini muvofiqlashtirib turibdilar.

 

Biror bir saylov uchastkasida bu borada muammoli holatlar yuz bergudek bo‘lsa, zudlik bilan mutasaddi mutaxassislarga murojaat etgan holda masala o‘z vaqtida tez va soz hal etilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 2024-yil 16-oktyabr kuni boshlanib, 2024-yil 23-oktyabr kuni yakunlanadi. Ovoz berish mahalliy vaqt bilan ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.

 

 

Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur