Xabaringiz bor, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i Yevgeniy Kozyak saylov uchastkalari, siyosiy jarayonlarga tayyorgarlik holatlari bilan tanishish maqsadida Andijonda bo‘ldi.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i Yevgeniy Kozyak o‘rganishlarning ikkinchi kuni Andijon shahri, Oltinko‘l hamda Baliqchi tumanidagi saylov uchastkalarida bo‘lib, siyosiy jarayonlarga tayyorgarlik holatlari bilan yaqindan tanishdi.
Andijon viloyatida jami 938 ta saylov uchastkalari mavjud bo‘lib, ular shinam xonalar va so‘nggi axborot texnologiyalari bilan jihozlangan. Shuningdek, ovoz berish jarayonida kerak bo‘ladigan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan. Uchastkalarda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun alohida sharoitlar mavjud.
Xususan, saylov sanasiga bag‘ishlangan plakatlar, saylov uchastkasining xaritasi, uchastka saylov komissiyasi a’zolarining tarkibidan tortib barcha nizomda belgilangan talablarga rioya qilingan holda tayyorgarlik ko‘rilgan.
Bugungi kunda davlatlarda bo‘lib o‘tadigan siyosiy jarayonlarni kuzatish va monitoring ishlarini olib borish bo‘yicha ko‘plab xorijiy institutlar mavjud. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa Kengashi, Yevropa Ittifoqi, Turkiy davlat tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi (MDH PA), Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) kuzatuvchilari institutlari bu sohada yetakchi tashkilotlardan hisoblanadi.
Xorijiy kuzatuvchilarni davlatlardagi siyosiy jarayonlarda ishtirok etishi ushbu davlatning ochiq siyosat olib borayotganing bir nishonasidir.
Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati