Andijon viloyatida joriy yilning 9-sentyabr kunidan boshlab viloyatdagi 938 ta saylov uchastkalarining 2 nafardan jami 1876 nafar operatorlarning o‘qishlari davom etmoqda. Ushbu operatorlarga 52 nafar tajribaga ega bo‘lgan hududiy trenerlar tomonidan Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimida foydalanishlari yuzasidan malakalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar olib borilmoqda.