14.09.2024

227

msk_yangiliklari_in

Andijonda joriy yil oktyabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan 938 ta saylov komissiyasi raislari, o‘rinbosarlari va kotiblari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

 

Seminar-treninglarda hududiy trenerlar tomonidan ishtirokchilarga ushbu siyosiy jarayonning huquqiy asoslari, saylov tizimidagi yangiliklar, aralash saylov tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari haqida keng tushunchalar berilmoqda. 

 

 

 

Shuningdek, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish, saylov komissiyalari binolari, ovoz berish xonalarini jihozlashga qo‘yilgan talablar, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish kuniga tayyorgarlik borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida alohida ta’kidlanmoqda. 

 

Bundan tashqari, Markaziy saylov komissiyasi qarorlari bilan qo‘yiladigan talablar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovining o‘ziga xos jihatlari haqida ham tushunchalar berilyotir. 

 

 

\

 

 

Tuman va shaharlarda guruhlar doirasida o‘tkazilayotgan seminar-treninglar belgilangan tartibda, bosqichma-bosqich joriy yilning 21-sentyabriga qadar davom etadi. 

 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur