Siyosiy jarayon xalqaro kuzatuvchilar e’tiborida

14.10.2024

94

msk_yangiliklari_in

Bugun Andijon viloyatiga xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarning navbatdagi tashrifi bo‘ldi.

 

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i Yevgeniy Kozyak Asaka va Andijon shahridagi saylov uchastkalarida bo‘lib, siyosiy jarayonlarga tayyorgarlik holatlari bilan tanishdi.

 

Ma’lumki, Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovida ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan viloyatdagi mavjud saylov uchastkalarining barchasi jarayonga shay holatga keltirilgan.

 

                 

 

Bunda ovoz berish binolarining saylovchilar yashash manziliga yaqin va qulay bo‘lishiga e’tibor qaratilgan. Shinam xonalar so‘nggi axborot texnologiyalari bilan jihozlangan. Shuningdek, ovoz berish jarayonida kerak bo‘ladigan barcha zaruriy choralarni ko‘rilgan. Uchastkalarda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun alohida sharoitlar mavjud.

 

Saylov sanasiga bag‘ishlangan plakatlar, saylov uchastkasining xaritasi, uchastka saylov komissiyasi a’zolarining tarkibidan tortib barcha nizomda belgilangan talablarga rioya qilingan holda tayyorgarlik ko‘rilgan.

 

                   

 

Uchastkalardagi jarayonlarni kuzatganidan so‘ng Yevgeniy Kozyak Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi joylashgan binoga keldi. Dastlab Matbuot markazi a’zolari bilan suhbatlashdi. Hududiy komissiya a’zolari ish jarayoni bilan tanishdi.

 

 

Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur