Hududiy trenerlar uchun o‘quv seminarlar boshlandi

20.08.2024

257

msk_yangiliklari_in

Bugun, 19-avgust kuni Andijon davlat universitetida saylov qonunchiligi borasida zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish yuzasidan Andijon viloyatidagi hududiy trenerlari uchun saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

 

 

Dastlab, malakali trenerlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, saylov qonunchiligi hamda saylov qonunchiligiga kiritilgan yangi normalar va hududiy saylov komissiyalarining uchastka saylov komissiyalari bilan o‘zaro faoliyatining turlari bo‘yicha tushunchalar berdi.

 

Seminar doirasida 83 nafar hududiy trenerlar uchun tasdiqlangan reja-grafik asosida dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda va ushbu seminar mashg‘ulotlari 21-avgust sanasiga qadar davom etadi.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur