23.10.2024

145

msk_yangiliklari_in

Shu kunlarda Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Andijon viloyatida ham siyosiy tadbirni o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

 

Mavjud 938 ta saylov uchastkasi uchun aholi vakillariga qulay bo‘lgan binolar tanlab olingan bo‘lib, ularning 664 tasi umumta’lim maktablarida, 56 tasi kasb-hunar kollejlari, litsey va texnikumlarda, 34 tasi madaniyat va sport inshootlarida, 7 tasi harbiy qismlarda, 63 tasi tibbiyot va dam olish maskanlari, sanatoriylarda, 23 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlarida, 91 tasi boshqa binolarda joylashgan.

 

         

         

 

185 -saylov uchastkasi Andijon tumanida joylashgan bo‘lib, bugungi kunga qadar jami 2632 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan, -deydi mazkur saylov uchastka raisi Saodatxon Xusanova.

 

- Ulardan 14 nafari keksaligi, yurish imkoniyati yo‘qligi sabab uyda ovoz beradi. Ular uchun ham barcha qulayliklar yaratilgan. - Saylovchilarning 84 nafari birinchi marta saylovda ishtirok etib, ovoz beruvchilarni tashkil etadi.

 

Bugungi kunda saylov uchastkalari to‘liq shay holatga keltirildi. Ular saylov qonunchiligida belgilangan talablar asosida jihozlanib, zarur texnika vositalari — telefon, nusxa ko‘chirish apparati, internet tarmog‘i va tegishli adabiyotlar bilan ta’minlangan. Saylovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

 

Saylov uchastkasiga biriktirilgan xodimlarning saylov qonunchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlar tashkil etilgan.

 

Saylov uchastkalarining tashkiliy jihatdan tayyorgarligi muntazam o‘rganilib borilmoqda.

 

Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi

 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur