KOMISSIYA A’ZOLARI UCHUN O‘QUV-SEMINARLAR BO‘LIB O‘TMOQDA

06.09.2024

48565

msk_yangiliklari_in

Andijon viloyatidagi mavjud 938 ta saylov uchastkalarining jami 2814 nafar komissiyalarining raislari, rais o‘rinbosarlari hamda kotiblari uchun o‘quv-seminar treninglar bo‘lib o‘tmoqda. 

 

Unda hududiy trenerlar tomonidan ishtirokchilarga ushbu siyosiy jarayonning huquqiy asoslari, saylov tizimidagi yangiliklar, aralash saylov tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari haqida atroflicha tushunchalar berilmoqda.

 

 

Shuningdek, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish, saylov komissiyalari binolari, ovoz berish xonalarini jihozlashga qo‘yilgan talablar, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish kuniga tayyorgarlik borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.

 

Bundan tashqari, ushbu o‘quv-seminarda, MSKning qarorlari bilan qo‘yiladigan talablar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari ham tushuntirildi.

 

O‘quv seminarlar 5-sentyabrdan boshlangan bo‘lib, bosqichma-bosqich, belgilangan tartib asosida 21-sentyabrga qadar davom etadi.

 

Bugungi kunda 33 ta guruhlarda 723 nafar tinglovchilar ishtirok etmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur