SAYLOV KOMISSIYALARI RAIS, RAIS O‘RINBOSARI VA KOTIBLARI UCHUN O‘QUV-AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILMOQDA

23.08.2024

268

msk_yangiliklari_in

Xabaringiz bor joriy yil oktyabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar o‘tkaziladi. Unga ko‘ra Andijon davlat universitetida shahar va tuman saylov komissiyalarining raisi, rais o‘rinbosari va kotiblari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

 

 

Bugun ya’ni 23-avgust kungi o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida Markaziy saylov komissiyasi doimiy asosda ishlovchi a’zosi Yunusov Bahodirjon Jaloldinovich ishtirok etib, tinglovchilarga saylov qonunchiligi, unga kiritilgan o‘zgarishlar, saylovlarni tashkil etish, saylov jarayonida vujudga keladigan turli masalalar, ularni hal etish yuzasidan zarur saboqlar berdi. 

 

– Seminarning asosiy maqsadi bo‘lajak saylovlarda shahar va tuman saylov komissiyalarining raisi, rais o‘rinbosari va kotiblarini o‘qitish va ularni saylov qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor qilish, – deydi viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Baxtiyorjon Rasulov. – Ular maxsus o‘quv dasturlari asosida o‘qitilib, saylovlarga tayyorgarlik, saylovlarda ishtirok etuvchi mutaxassislarning bilim va malakasini oshirishga yordam beradi. 

 

O‘quv mashg‘ulotlari dasturidan proporsional va mojaritar saylov tizimi, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, binolarni jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovozlarni sanab chiqish va natijalarni belgilash kabi saylov jarayoni bilan bog‘liq barcha mavzular o‘rin olgan.

 

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur