Yana bir necha kundan so‘ng yurtimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi

24.10.2024

120

msk_yangiliklari_in

Shu kunlarda saylovlarga tayyorgarlik, siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlar tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari qizg‘in pallaga kirgan.

 

Andijon viloyatida ham saylovlarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish uchun puxta hozirlik ko‘rildi. Buning uchun tashkil etilgan viloyat hududiy, shuningdek, tuman, shahar saylov komissiyalari, saylov okruglari hamda saylov uchastkalarida belgilangan ishlar amalga oshirildi.

 

 

Bugun Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi tomonidan uchastka saylov komissiyasi a’zolari saylov kuni rioya etishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan «zoom» platformasi orqali onlayn tarzida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Baxtiyorjon Rasulov olib bordi va qatnashchilarga tushunchalar berdi.

 

Mazkur seminarni o‘tkazishdan maqsad bo‘lajak saylovlarni milliy saylov qonunchiligiga muvofiq ravishda o‘tkazish lozimligini yana bir bor ta’kidlash. Shuningdek, seminar davomida ta’kidlangan barcha yo‘l-yo‘riqlar Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining qarorlari talablari hisoblanishini qayd etishdan iborat.

 

Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi

 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur